Maktab-internat haqida

Bizning ziyo maskanimiz 17-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internat sanaladi. Maktab-internat 1998 yil 10 oktabrda tashkil etilgan bo’lib, iqtidorli va bilimga chanqoq 265 nafar o’quvchiga 33 nafar tajribali, izlanuvchan o’qituvchi ta’lim-tarbiya bermoqda. Maktab-internatda ta’lim o’zbek tilida olib boriladi. Kutubxonamiz 3600 dan ortiq kitob fondiga ega bo’lib, o’quvchilar uchun u ziyo maskani hisoblanadi.

Maktab-internatni 11 yillik ta’lim tizimi vaqtida jami 320 nafar bitiruvchi tamomlagan bo’lsa, ulardan 300 nafari yurtimizning nufuzli ta’lim dargohlarida tahsil oldilar va bugungi kunda ular yetakchi sohalarda mehnat faoliyatini olib bormoqda. Bir qator bitiruvchilarimiz xorijiy yurtlarda mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.

Bulardan:

  1. Abdukarimov Alimardon – Malayziyada Petronas neft kompaniyasi xodimi;
  2. Roziqov Muzaffar – AQSH da xalqaro iqtisodchi;
  3. Rasulov Ulug’bek Yaponidagi nufuzli oliy o’quv yurtlaridan birida taxsil olmoqda;
  4. Abdukarimov Ilhom Malayziyada tahsilni davom ettirmoqda.

2012 yilda 9-sinf o’quvchisi Sirojiddinov Sadriddin fizika fani bo’yicha fan olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli birinchi o’rinni egalladi. 2012 yilda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tashkil qilingan “Siz tarixni bilasizmi?” ko’rik-tanlovida maktab-internatning “Yosh huquqshunos”jamoasi faxli o’rinni egalladi. 2013 yida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tashkil qilingan “Til bilimdoni” ko’rik- tanlovida maktab-internat o’quvchilari muvaffaqiyatli qatnashdilar va faxrli III o’rinni egalladilar. 2013 yida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati To’raqo’rg’on tuman kengashi hamda tuman Prokuraturasi tomonidan tashkil etilgan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostida o’tkazilgan “Eng faol lider ustozlar” ko’rik- tanlovida maktab-internat o’qituvchilari jamoasi fahrli I o’rinni egalladilar. 2014 yilda “Bilimlar bellashuvi” viloyat bosqichida matematika fanidan 8-sinf o’quvchisi Tursunboyev Nurmirza faxrli II o’rinni egalladi.