9-may

Yangiliklar

Maktab-internatida 9-may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “Inson muqaddas, xotirasi abadiy” mavzusida tadbir kechasi o’tkazildi. Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan insonni ulug’lovchi kuy qo’shiqlar aytildi. Maktab-internati tarix fani o’qituvchilari E.Mirzaaxmedov va H.Sodiqovlar tomonidan “Ikkinchi jahon urushi” yillari va shu davrdagi tarixiy jarayonlar, front ortida mehnat qilgan o’zbek oilalari ushbu urushda ishtirok etgan o’zbek qahramonlari  haqida ma’lumot berishdi hamda urush yillarini aks ettiruvchi video rolik namoyish etishdi. Maktab-internat ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Hanifa Nazarova G’ofur G’ulomning “Sen yetim emassan” asaridan parcha aytib o’sha davrdagi og’ir jarayon bo’lishiga qaramay matonatli va mehridaryo o’zbek oilasini  aks ettirgan asar haqida ma’lumot berdi.  Shu bilan bir qatorda tadbirga “Afg’on urushi” qatnashchisi Glapov Abdullajon taklif etilib, urushda qatnashganligi u yerda bo’lib o’tgan janglar, usha davrdagi aholining og’ir turmushi  haqida aytib bugungi yurtimizdagi tinch va osuda hayot, tinchlik buyuk ne’matligi uning qadriga yetish har bir insonning muqaddas burchi ekanligi haqida aytdi. O‘quvchilarga vatanparvarlik haqida bir qator tushunchalar berdi. Tadbir davomida maktab-internat direktori Olimjon Bannayev so’z olib maktab-internatida fidoiy mehnat qilgan sobiq marhum ustozlarimiz Abdulhay Dadaboyev, Tohirjon Ahmadaliyev, Lutfullo Quvvatov, Abdulhamid Isomiddinov, Habibullo Umarov, Farida Ashurovalarning ushbu ta’lim muassasiga qo’shgan katta hizmatlari, yosh avlodni xalq, vatan koriga yaraydigan insonlar bo’lib yetishishida tinmayin ta’lim va tarbiya berganliklarini etirof etib o’tdi. Shu bilan bir qatorda maktab-internat kasaba uyushmasi raisi Zokirov Abdunabi mehnat jamoasining bir qator faollari bilan ushbu ustozlar xonadonidan  xabar olishdi.  Joriy yilning 6- may kuni barcha sinflarda “Sinf soat” darslarida sinf rahbar va sinf tarbiyachilari tomonidan “Inson xotirasi abadiy”, “Mardlik va jasorat dars”  mavzusidagi dars jarayonlari o’tkazildi.