Fan to’garaklari

YOSH MATEMATIK

Rahbari: Xaytmatova Dilnoza

Maktab-internatda yosh avlodga matematika bo’yicha bilimlarini yanada mustaxkamlash maqsadida to’garak faoliyatini muntazam olib boradi. To’garak a’zolari soni 30 dan ortiq. Ustoz o’z shogirdlarini o’quv jarayonida bilimlar bellashuvi hamda fan olimpiadalariga tayyorlab boradi.

KIMYOGAR

Rahbari: Valiyeva Hulkaroy

Kimyo va biologiya faniga qiziqqan o’quvchilarni bu to’garak o’ziga jalb qilgan. To’garak jarayonida mavzularga doir laboratoriya ishlari o’tkaziladi va murakkab masalalar yechimi topiladi.

FIZIKA IXLOSMANDLARI

Rahbari: Ikromjonov Oybek

To’garak a’zolari soni 40 dan ortiq. U fizika faniga qiziqqan o’quvchilarning bilimlarini o’z faniga doir barcha yangiliklar bilan boyitib boradi. 2012 yilda 9-sinf o’quvchisi Sirojiddinov Sadriddin fizika fanidan fan olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli I-o’rinni egalladi.

ADABIYOTSHUNOS

Rahbari: Nazarova Hanifa

To’garak a’zolari soni 35 dan ortiq. Adabiyot faniga qiziqqan barcha o’quvchilarning she’r va maqolalari ustoz boshchiligida matbuotda e’lon qilib turiladi.

SPORT TO’GARAGI

Rahbari: Sobirov Azizbek 

To’garak a’zolari soni 40 dan ortiq. Sportning futbol, volleybol, qo’l topi turlari bo’yicha o’quvchilarni muntazam shug’ullantirib boradi. «Umid nihollari» sport musobaqasining maktab bosqichida barcha o’quvchilar qatnashadilar.