Geografiya  va iqtisod bilim asoslari

Yangiliklar

Maktab-internatda mart oyi “Geografiya  va iqtisod bilim asoslari” fanini oyligi  munosabati bilan  o’tkazilgan saflanishda  fan oyligi  tadbirlar rejali e’lon qilindi.

Ertalabki saflanishlarda 8-B sinf  o’quvchilari  faol ishtirok etib Yevropa va Osiyo  mamlakatlari  haqida  ma’lumot berishdi.  Davlat bayroqlari xaqida  ma’lumotlar  berishdi. O’quvchilar Angliya, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya davlatlari haqida qiziqarli ma’lumotlarni ingliz tilida va rus tilida so’zlab berdilar.

Xafta mobaynida sinflarda ochiq darslar o’tkazildi shu jumladan 7-Vsinfda “Farg’ona tabiiy geografik okrugi” mavzularida AKT dan foydalanib dars o’tildi.

9-v sinfda “Yaponiya” mavzusida ochiq dars o’tkazildi. Saflanishda darsdan bo’sh vaqtlarida o’quvchilar Dunyo siyosiy xaritalaridan foydalanib “Davlatlarni xaritadan top” o’yini o’tkazilib turildi.

16 mart kuni maktab-internatda 8-sinflar o’rtasida 8 –A-B-V sinflar o’zora bellashdilar. Bellashuv beshta shart asosida o’tkazildi. Bu tadbirda asosan 7-8 sinflar qatnashdilar. Bu tadbirning o’quvchilarga yoqqan tomoni mamlakatimizdagi ekologik muammolarni 8-sinf o’quvchilari O’zbekistondagi barcha muommalarni o’z taqdimotlari asosida yoritib berishdi.

O’quvchilarni Dunyo bo’yicha eng, eng, eng ma’lumotlar bo’yicha savollarga bergan javoblari xammani xayratga soldi. Ular juda tezlik bilan aniq javob berdilar. Bu tadbirda 8-V sinf o’quvchilari 1-o’rini, 8-Vsinf o’quvchilari 2-o’rinni, 8-A sinf o’quvchilari 3-o’rinni egalladilar.